Breaking News

Qandahor yaqinidagi bomba portlashi natijasida to'rt amerikalik harbiy yaralandi


Afg'on politsiyasining xabar berishicha, dushanba kuni ertalab Afg'oniston janubida AQSh harbiy kolonnasi bomba hujumiga uchragan. Afg'on politsiyasiga ko'ra, portlovchi moddalar bilan to'ldirilgan yengil avtomashina Qandahordan 10 km narida o'tib ketayotgan harbiy kolonnaga urilgan. Biroq AQSh harbiy vakili, hujum yo'l chetiga ko'milgan bombaning portlashi natijasida amalga oshirilganligini aytdi. AQSh harbiy vakili Jim Yangning aytishicha, hujumning qanday amalga oshiriligani hozircha aniq emas, biroq portlash natijasida to'rt kishining yaralanganini tasdiqladi.

"Askarlar Qandahordagi aviabazaga tibbiy yordam olish uchun yuborildilar," dedi Jim Yang.

Bu Afg'onistonning janubiy va sharqiy hududlarida Tolibon kuchlari tomonidan AQSh va Afg'on ob'ektlariga qarshi uyushtirilganligi gumon qilinayotgan so'nggi hujumlaridan biridir. Tolibon jangarilari bugungi hujumga aloqador ekanliklarini tan oldilar. Ularning maqsadi - sentyabr oyiga mo'ljallangan parlament saylovlarini izidan chiqarish.

XS
SM
MD
LG