Breaking News

Prezident Bush Hindiston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi


Prezident Jorj Bush payshanba kuni Oq uyda Hindiston tashqi ishlar vaziri Natvar Singh bilan uchrashdi. Uchrashuvda AQSh-Hindiston aloqalarini yanada yaxshilash yo'llari muhokama etildi.

Ayrim diplomatlarning fikriga qaraganda, uchrashuv rasmiy Vashingtonning Hindistonga alohida e'tiborini ko'rsatish uchun uyushtirilgan. Oq uy matbuot kotibi Skot Maklellanning xabar berishicha, uchrashuvda AQShning Hindistonga F-16 jangavor samolyotlarini berish haqidagi rejalari muhokama etilmadi.

Biroq shu kunning o'zida ikki mamlakat orasida muhim aviatsiya shartnomasi imzolandi. "Ochiq osmon" deb nomlangan va Dehlida imzolangan shartnomaga ko'ra ikki mamlakat o'rtasida istalgancha reyslar amalga oshiriladi. Hindiston aviatsiya vaziri Praful Patel va AQSh transport vaziri Norman Mineta qo'l qo'ygan shartnoma reyslar sonida cheklanishlarni ko'zda tutgan 50-yillik eski shartnomaning o'rnini bosadi.

Har yili 2 millionga yaqin yo'lovchi ikki mamlakat o'rtasida sayohat qiladi.

XS
SM
MD
LG