O'zbekistonda axborot erkinligi yanada cheklandi


Taniqli xalqaro inson huquqlarini himoya qilish tashkilotining xabar berishicha, O'zbekiston hukumati Andijonda may oyi o'rtalarida sodir bo'lgan namoyishlarni qonli bosilganligiga tegishli axborotga to'siqlar qo'yapti.

Nyu Yorkda joylashgan Human Rights Watch tashkilotining vakillari, Andijonda topilgan yangi dalillar u yerda sodir bo'lgan voqealar haqidagi haqiqatni, ya'ni yuzlab odamlarning begunoh o'ldirilganligini, O'zbekiston hukumati jahondan yashirayotganini ko'rsatmoqda, dedilar.

Human Rights Watch Andijondagi bo'lgan 13 may voqealari haqida ochiq so'zlagan odamlar hukumat tomonidan tazyiqqa olinishlari mumkin, deya xavotir olmoqda. "Andijon hali ham jurnalistlar va inson huquqlarini himoya qilish faollari cuhun ypoiqdir," deydi tashkilot.

XS
SM
MD
LG