Breaking News

Davlat departamentining yangi xujjati O'zbekistonda demokratlashtirish jarayoni haqida hisobot beradi


AQSh Davlat departamentining Demokratiya, inson huquqlari va mehnat byurosi bugun o'zining "Inson huquqlari va demokratiyani qo'llab-quvvatlash. AQShning 2004-2005 yildagi ko'rsatkichlari" deb nomlangan xalqaro hisobotini chiqardi. Unda O'zbekistonda ham shu yo'nalishlardagi ahvol va AQShning ahvolni yaxshilash bo'yicha olib borgan ishlari haqida gapiriladi.

Xususan, hisobot Oz'bekistonda so'z va matbuot erkinligi muammolari borasida ham to'xtalib o'tgan.

O'zbekistonda "matbuot erkinligi AQSh uchun asosiy muammo bo'lib qolaveradi", deyiladi hisobotda. "Rasman matbuotda tsenzuraga 2002 yil chek qo'yilgan bo'lsada, o'z-o'zini tsenzura qilish qoida bo'lib kelmoqda va ozchilik jurnalistlar tekshiruvlar va tanqidiy yondashuv asosida yozilgan maqolalarni chop etishga jur'at etmoqdalar."

Shu yo'sinda, hisobotga ko'ra, Qo'shma Shtatlar o'z oldiga qo'yilgan asosiy masala sifatida O'zbekistonda "ob'ektiv axborotni olish yo'llarini kengaytirish"ni ko'rmoqdalar. "Qo'shma Shtatlar moliyaviy yordamida o'tkazilgan malaka oshirish o'quv dasturlari gazeta va elektron ommaviy axborot vositalarida ishlaydigan iste'dodli jurnalistlarni zamonaviy va mustaqil jurnalistika amaliyoti bilan tanishtirdi."

Hisobotda, shuningdek, AQSh mamlakat bo'ylab bir necha mustaqil televizion stantsiyalarni mashg'ulotlar, ko'rsatuvlar yaratishda yordam ko'rsatish va televizion texnika olish uchun grantlar berish orqali ham qo'llab-quvvatlayotgani haqida axborot beriladi

"Davlat nazorati ostidagi televidenielar jiddiy yangiliklardan holi bo'lishni davom ettirib turgan bir paytda, AQShning grantlari mazkur mustaqil stantsiyalar kanallarida namoyish etilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy masalalarga doir suhbat ko'rsatuvlarining ko'payishida muhim omil sifatida xizmat qilib keldi. Bundan tashqari, AQSh loyihalari sifatli yangiliklar va axborot eshittirish dasturlarini tayyorlashda Toshkent shahridagi bir mustaqil radiostantsiyani ham qo'llab-quvvatlaydi.

XS
SM
MD
LG