Breaking News

AQSh prezidentining rafiqasi Afg'onistonga tashrif buyurdi


AQSh Prezidentining rafiqasi Lora Bush yangi maktablar ochish va ayollar ta'limini oshirishni tashviq qilish uchun Afg'onistonga tashrif buyurdi.

Kobul universitetida so'zlarkan, Lora Bush AQSh, afg'on jamiyatida xotin-qizlarning barcha jabhalarda faol ishtirokini ta'minlash tarafdori ekanini, ta'kidlab o'tdi.

U, shuningdek, Afg'onistonda Amerika Universitetini ochish va AQShdagi kabi boshlang'ich maktablar qurish uchun 20 million dollarga teng yangi dastur e'lon qildi.

Bu Lora Bushning Afg'onistonga qilgan ilk safari. U mamlakat prezidenti Hamid Karzay bilan uchrashib, Bagram harbiy bazasidagi AQSh qo'shinlari bilan tanovvul qildi.

XS
SM
MD
LG