Breaking News

Markaziy Osiyo xabarlari- 10 yanvar


Birlashgan Millatlar tashkilotining qochqinlar bo’yicha komissariati Qirg’iziston hukumatini mamlakat qamoqxonasida saqlanayotgan O’zbekistonlik qo’chqinlarini vatanlariga majburlab qaytarmaslikka chaqirmoqda.

Tashkilot vakillari o’zbekiston hukumati tomonidan talab qilingan va Qirg’iz qamoqxonalarida hamon saqlanayotgan 4 nafar mahbusning taqdiridan tashvish bildirdi.

Komissariat Qirg’iz hukumatiga bu masalaga yechim topishda, jumladan qochqinlarni uchinchi davlatga ko’chirishga yordam berishga va’da bergan.

So’nggi hisob-kitoblarga ko’ra, Turkmanistonda gaz ishlab chiqarish ko’rsatkichi o’tgan yilga nisbatan 8 foizga oshib, yiliga 63 milliard kubometrni tashkil etmoqda. Hozirda Turkmaniston hukumati Ukrainaga gaz sotish hajmini oshirish niyatida. Gaz eksporti ham sezilarli darajada oshib, 42 dan 45 milliard kubometrga yetgan.

Ushbu yilda esa Turkmaniston gaz ishlab chiqarishni yana 37 foizga oshirib, yiliga 80 milliard kubometrga yetkazmoqchi. Eslatib o’tamiz, Turkmaniston bu yili Ukrainaga 40 milliard, Rossiyaga 30 va Eronga 8 milliard kubometr gaz eksport qilishga kelishgan.

Yana Turkmanistonga oid xabar. Mazkur yilning fevral oyida mamlakatda futbol boyicha prezident kubogi musobaqasi o’tkaziladi. Yutuq fondi 35 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi musobaqa 11 –19 fevral kunlari o’tkaziladi. Musobaqada Turkmaniston O’zbekiston, Tojikiston, Armaniston va Qozog’istonning jami 8 yetakchi jamoasi qatnashadi. Turkmaniston Prezidenti kubogi go’libiga 20 ming AQSh dollari tegadi.

Bugun Qozog’iston musulmonlari mamlakat tarixida ilk bor rasmiy tarzda Qurbon Haiti bayramini nishonlamoqdalar. Yaqinda mamlakat parlamenti Al Adha bayramining ilk kunini dam olish kuni deb e’lon qilishni tasdiqladi. Eslatib o’tamiz, Qozog’istonda 15 milliondan ziyodroq aholining 63 foizi muslmonlar, 35 foizi esa provoslav nasroniylar.

XS
SM
MD
LG