Nazarboyev yangi muddat uchun qasamyod qildi


Qozog’istonda prezident Nursulton Nazarboyev yangi yetti-yillik muddat uchun qasamyod qildi. Inauguratsiya marosimi poytaxt Ostonada bo’lib o’tdi.

Qozog’iston xalqi va konstitutsiyani himoya qilishga so’z bergach, Nazarboyev yuzlab yuqori martabali mehmonlar oldida milliy bayroqni o’pdi.

Marosimga kelgan mehmonlar orasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Ukraina rahbari Viktor Yushchenko va Gruziya prezidenti Mixail Saakashvili ham bo’ldilar.

65 yoshli Nazarboyev Qozog’istonni 15 yildan beri boshqarib kelmoqda. Siyosiy sharhlovchilar nazarida, yirik neft zahiralari evaziga o’sayotgan iqtisodiyot mamlakatni mintaqadagi yetakchi kuchga aylantirmoqda.

2005 yilning 4 dekabrida o’tgan prezident saylovlarida Nazarboyev 91 foiz ovoz oldi. G’arb mamlakatlaridan kelgan kuzatuvchilar mazkur saylovlarni adolatsiz deb atadilar. Ularning aytishicha, saylov kampaniyasi va saylov paytida muxolifatga qarshi tazyiq qilingan hamda ba’zi hollarda ovozlar soxtalashtirilgan.

XS
SM
MD
LG