AQSh 'voqelikni' qabul qiladi va muvaqqat qirg'iz hukumati bilan ish olib boradi


AQSh Davlat departamentining bayonotiga ko'ra, Qo'shma Shtatlar Askar Akayevning hukumati qulagandan so'ng mamlakatda tartibni tiklash yo'lida muvaqqat qirg'iz rahbariyati bilan ish olib borishga tayyor. Gap AQShning muvaqqat hukumatni tan olishida ketayotgani yo'q, deydi Vashingtondagi mulozimlar, balki Qirg'izistondagi voqelikni qabul qilishidadir. AQSh Akayevdan so'ng ham mamlakatning yangi rahbariyati bilan ish olib boraveradi.

AQSh Davlat kotibi Kondoliza Rays juma kuni Rossiya tashqi ishlari vaziri Sergey Lavrov bilan Qirg'izistondagi vaziyatni telefon orqali muhokama qildi. Davlat departamentining rasmiy vakili Adam Yerelining ta'kidlashicha, Rays va Lavrov xalqaro hamjamiyat qirg'iz xalqiga vujudga kelgan inqirozdan chiqish uchun hamjihat bo'lishi kerakligi borasida umumiy fikrga keldilar. Ular, shuningdek, qonun ustuvorligi, zo'ravonlikning oldini olish va Qirg'izstonga yordam ko'rsatish xalqaro hamjamiyatning muhim vazifasi ekanligini ham tan oldilar, dedi Yereli.

XS
SM
MD
LG