Breaking News

AQSh: Xonobod harbiy bazasidan foydalanishda davom etayapmiz


O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligining 7 iyul kuni chiqargan bayonotiga ko’ra, Amerika Qo’shma Shtatlari Afg’onistondagi harbiy operatsiyani qo’llab-quvvatlash uchun ishlatilayogan Xonoboddagi baza uchun endilikda pul to’lashi kerak bo’ladi. Shu paytgacha, Qo’shma Shtatlar bazadagi infratuzilmani yaxshilashga sarf qilingan mablag’ni qoplamagan va AQSh harbiy kontingentining joylashuvidan ekologiyaga qilinayotgan zarar uchun pul to’lamagan, deyiladi Tashqi ishlar vazirligining bayonotda.

AQSh Davlat departamentining rasmiy vakili Shon Makkormak 7 iyul kuni bo'lib o'tgan matbuot brifingida AQSh ning O’zbekistondagi harbiy bazasi masalasiga to’xtalib o’tdi. Uning aytishicha, Xonoboddagi baza, O’zbekiston hukumati kiritgan ba’zi cheklovlarga qaramay, AQSh qo’shinlari tomonidan ishlatilmoqda.

“Kiritilgan cheklovlar sabab amaldagi operatsiyaning bajarilishini ta’minlash uchun qo’shimcha joylarni topish harakati amalga oshirilmoqda,” dedi Makkormak.

XS
SM
MD
LG