Breaking News

Guvohlarning xavfsizligi - sinchkov tergov garovi


Merilend shtatining Baltimor shahrida yiliga 278 qotillik sodir etiladi. Bu aholi soniga nisbatan Nyu Yorkdagi ko'rsatkichdan uch va Los Anjelesdagi ko'rsatkichdan besh baravar yuqoridir. Bu yilgi ko'rsatkichlar esa o'tgan yili shu paytdagisidan o'zib ketdi. Ko'plab jinoyatlar fosh etilmay qolib ketyapti. Sababi - guvohlarning ko'pi sudga borishdan qo'rqadilar.

Merilend shtatining Baltimor shahri prokurorlarining ma’lumotiga ko’ra, qotillik bilan bog’liq jinoiy ishlarning 90 foizi guvohlarga o’tkazilgan tazyiq tufayli zarar ko’radi.

Baltimor shahar Bosh prokurori Patritsiya Jessami, Merilend shtati poytaxti Annapolisga qatnab, mahalliy qonun chiqaruvchilarni yangi qonunni chiqarishga undaydi. Unga ko’ra, guvohning sudga kelib, guvohlik qilishi shart bo’lmaydi. Uning oldindan tayyorlangan yozma ko’rsatmasi sudda yetarli dalil sifatida qabul qilinadi.

"Guvohlar sudga kelishdan qo’rqadilar," deydi Patritsiya Jessami. "Ular yashirinib, guvohlik berishdan bosh tortmoqdalar."

Uning gapini qurbonlarning qarindoshlaridan biri had tasdiqlaydi.

"Mening jiyanim, Maykl Jounz, 2003 yilning 19 mayida o’z do’stlari qarshisida o’ldirilgan," deb hikoya qiladi Sheron Makkellan. "O’sha paytda qotillikka guvoh va qotilni taniydigan do’stlari ham bor edi yonida. Biroq ular qo’rqib, guvohlik ko’rsatmadilar. Ular oilamizga xabar berishdi. Jiyanim qanday, nega va kim tomonidan o’ldirilganligini aytishdi. Do’stlaridan biri hattoki qotil bilan birgalikda qamoqda ham o’tirgan. Men eshitgan ma’lumotni politsiyaga yetkazsam, ular “uzr, yordam bera olmaymiz, bu faqatgina mish-mishdir”, deb javob berishdi."

Boshqa so’z bilan aytganda, har bir odam sudda guvohlik qilishdan oldin, ayblanuvchining oldida qasamyod qiladi. Fevral oyi oxirida Merilend shtati senati guvohlarni qo’rqitish bilan bog’liq qonunning ikki ko’rinishini tasdiqladi. Biriga ko’ra, “mish-mish”lar dalil bo’lib xizmat qila olmaydi. Shtat adliya qo’mitasi raisi Jozef Vallario qonunga “mish-mish”lardan istisno sifatida foydalanish haqidagi punktni qo’shishga qarshi chiqqan edi.

Uning aytishicha, guvoh bilan yuzma-yuz uchrashish yoki uchrashmaslik konstitutsion masaladir. "Muammo shundaki," deydi Vallario, "biron bir kishini unga guvohni yuzlashtirmasdan turib, sudlash ehtimoli bor."

Vallario singari, mish-mishlarni istisno tariqasida dalil sifatida qonunga kiritilishiga advokatlar ham qarshi. Ular ham buni konstitutsiyaga qarshi hol deb, bilmoqdalar. Biroq 7 shtat va federal qonunlariga ko’ra, mish-mishlardan istisno hollarda foydalanish mumkin.

Patritsiya Jessami "ko’chalardagi vaziyat va undagi zo’ravonlik sur’ati shahar terrorizmining bir ko’rinishidir", deydi.

Yaqinda ”Chaqimchilikka chek qo’ying” deb nomlangan yangi videofilm Baltimorda omma orasida tarqatildi. Film shahar ko’chalaridagi jinoyatchilarni ular chaqimchi deb ataydigan guvohlarni qo’rqitishga undaydi.

Jiyani o'ldirilgan Sheron Makkellan "nabiralarimning to’rttalasi ham “chaqimchilik yomon” degan qoidaga rioya qilishadi. Maktablarda u-bu hol sodir bo’lsa, nima bo’lganini yoki kim ularga nisbatan yomon muomalada bo’lganini yoki ularni “chaqimchi” deb chaqirishlaridan qo’rqib, ularni kim va qanday qilib xafa qilganini uyga kelib aytmaydilar," deb xavotirga tushadi.

"Ular maktabdagi yoki mahalladagi boshqa bolalar ularni begona qilib qo’yib, ularga tazyiq o’tkazilishidan qo’rqadilar. Bunga chek qo’yish kerak."

Prokuror Jessami, bunga faqatgina mish-mishlar istisnosi orqaligina chek qo’yish mumkin, deydi.

"Bu bilan biz ko’chadagi jinoyatchilarga, “biz qo’l qovushtirib o’tirmaymiz va sizlarga Baltimor shahri yoki Merilend shtatidagi vaziyatni nazorat ostiga olishlaringizga yo’l qo’ymaymiz” degan aniq fikrni yetkazamiz," deydi u.

"Bu qonun o’ta muhimdir," deya prokurorning so'zlarini tasdiqlaydi Sheron Makkellan. "Odamlar oshkor qilishdan qo’rqadi deb va qonun oldida javob berishdan qo’rqmay, jinoyatlarchilar kuppa-kunduz kuni, odamlarning ko’z oldida qotillik sodir etmoqdalar."

Biroq shtat qonun chiqaruvchi organi haligacha biron-bir qarorga kela olganicha yo’q.

XS
SM
MD
LG