Abdulla Abdullaning hayotiga tahdid qilindi

  • Amerika Ovozi

Abdulla Abdulla

Abdulla Abdulla

Afg'onistonda prezidentlikka nomzod Abdullaga ziyon yetmagan. To'rt kishi halok bo'lgani xabar qilinadi.

Afg’onistonda prezidentlikka da’vogar Abdulla Abdullaning mashinasi yonida ikki portlash ro’y berib, kamida to’rt odam halok bo’ldi. Nomzodga ziyon yetmagan, deydi Kobul politsiyasi rahbari, general Shoir Zohir.

O’sha paytda mashinada Abdulla Abdulla va uning muovini Xon Muhammad ham bo’lgan. Ikkisi sog’-omon, lekin bir kecha kishi o’lib, kamida olti odam jarohatlangan, deydi politsiya rasmiysi.

Voqea bugun, Abdulla Abdulla Kobuldagi targ’ibot ishlarini tugatgan damda ro’y bergan. Yaradorlar orasida uning ikki soqchisi bor.

Hujumni kim amalga oshirgani hali noma’lum. Biroq hafta boshida toliblar fuqaroni 14-iyunda o’tadigan prezident saylovlarida qatnashmaslik haqida ogohlantirgan edi.

Jangarilar saylovning ikkinchi bosiqichini nishonga olishini aytib do’q-po’pisa qilayapti.

Abdulla Abdulla, sobiq tashqi ishlar vaziri, apreldagi saylovda 45 foiz ovoz jamlagan edi. Kelasi haftada saylovning ikkinchi bosqichida u Jahon Banki sobiq mulozimi Ashraf G’ani bilan bellashadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG