Abdulla Abdulla: AQSh va Afg'oniston aloqalarida yangi sahifa

  • Amerika Ovozi

(chapdan o'ngga) Afg'oniston Bosh vaziri Abdulla Abdulla, Prezidenti Ashraf G'ani va AQSh Vitse-prezidenti Jo Bayden Arlington milliy qabristonini ziyorat qilmoqda, Virginiya, 24-mart, 2015-yil

(chapdan o'ngga) Afg'oniston Bosh vaziri Abdulla Abdulla, Prezidenti Ashraf G'ani va AQSh Vitse-prezidenti Jo Bayden Arlington milliy qabristonini ziyorat qilmoqda, Virginiya, 24-mart, 2015-yil

Afg'oniston Bosh vaziri Abdulla Abdullaning aytishicha, AQSh va Afg'oniston aloqalarida yangi sahifa ochildi. Abdulla va mamlakat Prezidenti Ashraf G'ani hozir Vashingtonda.

Afg'on rahbarlari AQSh prezidenti, davlat kotibi, mudofaa vaziri va boshqa rasmiylar bilan uchrashdi. G'ani kecha Kongressda qonunchilar oldida so'zladi.

"Tashrif ikki tomonlama aloqalarga ijobiy ta'sir qiladi", - deydi Abdulla.

Ashraf G'ani Obama bilan uchrashuv chog'ida Afg'onistonda qolayotgan 9800 amerikalik askarni mamlakatda uzoqroq qoldirishni so'ragan. Oq uy ma'muriyati ularning yarmini chiqarmoqchi edi. G'anining iltimosi qondirildi.

"Bir tomondan, Afg'oniston xavfsizik kuchlari ancha oyoqqa turib oldi, qobiliyatli ekanini namoyish etdi, lekin boshqa tomondan, kamchiliklar hali ham bor, hech bo'lmaganda, 2015-yilda ham yordamga muhtojmiz", - deydi Abdulla.

Yaqin kunlarda Afg'oniston hukumati Tolibon bilan muzokara boshlamoqchi. Abdulla nazarida Pokistonning Tolibonga ta'siri katta va Pokistonga ittifoqdosh Xitoy Islomoboddan jangarilarga bosim qo'yishni so'rashi kutilmoqda.

"Mintaqada ziddiyatlar qancha kam bo'lsa, Afg'onistonga shuncha yaxshi", - deydi Abdulla.

Prezident G'ani bugun Nyu-Yorkda BMT rasmiylari bilan uchrashmoqda, Abdulla esa Vashingtonda tahlil markazida nutq so'zladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG