Yaponiya Bosh vaziri Moskvaga keldi

  • Amerika Ovozi

Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe (chapda) Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan, 6-may, 2016-yil.

Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe (chapda) Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan, 6-may, 2016-yil.

Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe Rossiyaga tashrif buyurdi. Kelasi oy Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ikki tomonlama sammit uchun Xitoyga jo'nab ketishi oldidan Yaponiya yetakchisi Tokio va Moskva aloqalaridagi taranglikni yumshatish uchun kelgani aytilmoqda.

Uchrashuvda asosiy muhokama mavzusi ikki tomon tortishayotgan bahsli orollar haqida bo'lgan. Rossiya Kuril orollari, Yaponiya esa Shimoliy hududlar deb ataydigan orollar guruhi har ikki davlat o'rtasida uzoq yillardan beri talash bo'lib keladi.

Mart oyida Rossiya orollarga raketa tizimlarini o'rnatishi haqida e'lon qildi. Bu esa Tokioning keskin noroziligiga sabab bo'ldi.

AQSh bosimiga qaramay Yaponiyaning Rossiya bilan yaxshi aloqalarni saqlab qolishga urinishi tomonlar farqli muammolarni birgalikda yecha olishiga imkon beradi, deydi Putin.

Kreml ma'lumotiga ko'ra, Rossiya rahbari Yaponiyaga savdo, moliya va iqtisodiyot jabhasida yangi hamkorlik rejasini taqdim etadi.

Shinzo Abe Rossiyaga tashrifi oldidan Yevropaga ham safar qildi. Fransiya, Germaniya va Britaniya yetakchilari bilan uchrashgan bosh vazir kelasi oy "Buyuk yettilik" anjumaniga mezbonlik qiladi. Moskva Ukraina mojarosiga aralashgandan beri "Katta sakkizlik" guruhidan chiqarib yuborilgan.

Yaponiya, ayniqsa, Rossiyaning Xitoyga yaqinlashayotganidan eng ko'p xavotirda, deydi kuzatuvchilar.

Tokio Pekinni o'ziga geosiyosiy tahdid sifatida ko'radi. Ayni paytda yakkalanib qolgan Moskvaning Xitoyga yaqinlashuvi uni tashvishga solmoqda.

2015-yil Rossiya va Yaponiya o'rtasidagi savdo aylanmasi 30 foizga kamaydi. Rossiya Prezidentining Matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, Rossiya eksporti 27 foizga qisqargan bo'lsa, Yaponiyadan import hajmi 38 foizga tushgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG