Qo'shma Shtatlar butun diqqat va resurslarni Afg'onistonga qaratmoqchi

  • Amerika Ovozi

Iroqdan bo'shagan resurslarni Afg'onistonga qaratish kerak, deydi prezident Obama. Ammo, deydi u, Afg'onistonda uzoq qolish rejasi yo'q.

Prezident Obama Iroq urushiga bag'ishlangan telemurojaatida Afg'onistonni ham tilga oldi. Iroqdan bo'shagan resurslarni Afg'onistonga qaratish kerak, deydi u.

Prezident Obama Afg'onistonda o'rnashib olgan jangarilarni, al-Qoida guruhini Qo'shma Shtatlar xavfsizligiga kattaroq tahdid deb Iroq urushini hamisha tanqid qilib kelgan.

Uning aytishicha, Iroq urushi Amerikani asosiy vazifa - Afg'onistonda terrorga qarshi kurashdan chalg'itdi. Qo'shinlar Iroqdan ketar ekan, afg'on muammosini hal qilishga zamin yaratilmoqda, deydi prezident.

"11-sentabr xurujlaridan so'ng amerikaliklar, siyosiy qarashlaridan qat'iy nazar, Afg'onistonda jangarilarni yo'q qilish rejasida yakdil edi. Iroq urushi esa jamiyatni bo'lib qo'ydi", - deydi Obama.

Uning aytishicha, Afg'onistonga qo'shimcha kuchlar safarbar etiladi va Tolibonga zarba beriladi. Ammo, deydi Obama, Afg'onistonda uzoq qolish rejasi yo'q.

"Kelasi yil avgustidan boshlab xavfsizlik uchun nazoratni afg'on kuchlariga topshiramiz. Qo'shinlarimiz sonini esa vaziyatga qarab qisqartiramiz", - deydi prezident.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG