Abdulla Abdulla qayta hisob natijasini tan olmay o'zini g'olib deb e'lon qilmoqda

  • Amerika Ovozi

Afg'onistonda prezidentlikka nomzod Abdulla Abdulla, sobiq tashqi ishlar vaziri

Afg'onistonda prezidentlikka nomzod Abdulla Abdulla, sobiq tashqi ishlar vaziri

Afg’onistonda prezidentlikka nomzod Abdulla Abdulla 14-iyunda o’tgan saylovlarda berilgan ovozlarni qayta hisoblash jarayonidan voz kechmoqda.

Dam olish kunlari AQSh prezidenti Barak Obama ikki asosiy nomzod Abdulla Abdulla va uning raqibi Ashraf G’aniga qo’ng’iroq qilib, yakuniy natijalarni tan olishga va o’zaro murosaga chaqirdi.

Byulletenlar BMT yordamida qayta hisoblanib, jarayon 5-sentabrda yakunlangan. Natijalar yaqin kunlarda e’lon qilinishi kutilmoqda.

Biroq Abdulla Abdulla bugun saylovda g’olib bo’lganini da’vo qilib, Ashraf G’ani bilan qo’shma hukumat tuzishga doir muzokaralar boshi berk ko’chaga kirib qolganini aytdi. Xususan, Abdullaga ko'ra, ovozlarni tekshiruv jarayonida saylovlarning ikkinchi bosqichida G'aniga berilgan qo'shimcha bir million ovozning qayerdan kelgani tushuntirilmadi.

"Afg'oniston kelajagini, barqaror Afg'oniston kelajagini, xalqaro hamjamiyatga hamkor bo'la oladigan Afg'oniston kelajagini soxta hukumat, soxta poydevor asosida qurib bo'lmaydi. Afg'on xalqi 2009-yilgi saylovlarning soxta natijalarini qabul qilib, so'nggi besh yil shu bilan yashadi, bu unga qimmatga tushdi.

2009-yilda Abdulla ikkinchi muddat uchun u bilan bellashgan Prezident Hamid Karzayga mag'lub bo'lgan edi.

Abdulla ham, G'ani ham Iyundagi saylovlarda qonunbuzarliklar bo'lganiga ishora qilib, AQSh va BMT aralashuvi tufayli qo'shma hukumat tuzishga kelishib oldi. Mag'lub tomonni hukumatga taklif etib, unga yangi yaratilgan lavozimni berish g'oyasi paydo bo'ldi, biroq Ashraf G'anining aytishicha, agar g'olib u bo'lsa, mag'lub nomzodni vazirlardan ustun turadigan mansabga tayinlash konstitutsiyaga zid bo'ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG