Afg'oniston armiyasidan yuzlab zobit ozod etilgan

  • Amerika Ovozi

Afg'on zobitlari

Afg'on zobitlari

Afg’onistonda mahalliy qurolli kuchlar va politsiyaning so’nggi paytlarda xorijiy qo’shinlarga hujumlari taftish etilar ekan, yuzlab zobit armiyadan haydalgan yoki hibsga olingan.

Yil boshidan beri koalitsiyaning kamida 45 askari mahalliy ittifoqchilar o’qidan o’lgan.

Afg’oniston Mudofaa vaziri general Zohir Azimiyning aytishicha, ayni damda bunga qarshi choralar ko’rilmoqda.

"Armiya shubhali odamlardan qutulmoqda", - dedi u.

Aksariyati hujjati joyida bo’lmagani uchun xizmatdan ozod etilgan.

Bugun NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen prezident Hamid Karzay bilan telefon orqali masala xususida gaplashgan.

"Bu kabi hujumlarga qaramay missiyani oxiriga yetkazamiz" deya ishontirgan Rasmussen Karzayni.

Bugun mamlakat sharqida vertolyot qulab, NATOning ikki zobiti o’lgan. Voqea sabablarni o’rganilmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG