Afg'onistonda giyohvandlar keskin ko'paygan

  • Amerika Ovozi

Afg'onistonda olib borilgan so'nggi izlanishdan ma'lum bo'lishicha, giyohvand moddalarni iste'mol qilish mamlakatda kuchaygan. 2012-yilda Afg'onistonda 1,6 million odam narkotik qabul qilgan bo'lsa, o'tgan yili bundaylar soni uch millionga yetdi.

Afg'oniston Sog'liqni saqlash vaziri Feruziddin Feruzning aytishicha, giyohvandlar shaharda ham, qishloqlarda ham ko'paymoqda. Ular orasida bolalar va ayollar bor.

AQSh davlat kotibining narkotiklarga qarshi kurash masalalari bo'yicha yordamchisi Uilyam Braunfild hozir Afg'onistonda.

"Geroin va afyun qabul qilishga yetaklovchi opioidlar iste'moli qishloqlarda bolalar orasida kengaygan", - deydi u.

Izlanish natijasiga ko'ra, Afg'onistonda har to'qqiz odamning biri nashavand.

BMT hisobiga ko'ra, dunyoda ishlab chiqariladigan afyunning 80 foizi Afg'oniston hissasiga to'g'ri keladi. Afyundan esa geroin tayyorlanadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG