Breaking News

Afg'oniston iqtisodining kelajagi mavhum


A man herds horses in the Inner Mongolia region of China. (Photo submitted by Zuopeng Zhang to VOA Photo Contest)
A man herds horses in the Inner Mongolia region of China. (Photo submitted by Zuopeng Zhang to VOA Photo Contest)

Kobul sotuvga yoki ijaraga qo’yilgan uylar bilan to’la. Ko’plar bankdagi mablag’ini olib, xorijga ko’chib ketayapti. Shu bois Markaziy bank hisobdan 20 ming dollardan ziyod naqd pul olishni taqiqlab qo’ygan.

Kobuldagi Vazir Akbar Xon xalqaro yordam tashkilotlari joylashgan, badavlat rasmiylar istiqomat qiladigan mahalla hisoblanadi. Xorijliklar mamlakatni tark etar ekan, mahalla borgan sari huvillab qolmoqda.

Hatto topish-tutishi o’rtamiyona aholi ham chet elga chiqib ketish imkoniyatlarini qidirmoqda.

Yuk mashinasi haydovchisi Mehrob Gul Pokiston va Erondan oziq-ovqat, qurilish mollarini tashib kun ko’radi. Uning aytishicha, Afg’onistonda ishlash borgan sari qiyinlashmoqda.

“Ilgari bir oyda Pokistondan olti marta sement olib kelardik. Hozir uch bor qatnayapmiz, xolos”, - deydi haydovchi.

Xorijliklar mamlakatni tark etar ekan, Kobulda ijaraga beriladgan uylar soni ortib bormoqda.
Xorijliklar mamlakatni tark etar ekan, Kobulda ijaraga beriladgan uylar soni ortib bormoqda.
Buning ustiga, haydovchilar yo’llarda politsiyaga pul tutqazishi kerak. Poraxo’rlik va korrupsiya sarmoyadorlarni Afg’onistondan chiqib ketishga majbur qilayotgan omillardan biri. O’tgan yili biznesmenlar 4.5 milliard dollar sarmoyani olib ketib qolgan.

Kobulda valyuta ayirboshlash idorasi raisi Najibulloh Axtariy fikricha, jahon hamjamiyati ketsa, Afg’oniston fuqarolar urushi domiga tortiladi.

“Kun-sayin tadbirkorlar safi torayib borayapti. 2014-yilga borib tashqi kuchlar ketadi degan fikr bugun bozorni yemirayapti”, - deydi u.

O’n yildan ziyod urush domida bo’lgan o’lka tadbirkorlari, asosan, xalqaro loyihalar bilan ishlaydi. 2014-yilda koalitsiya bilan vidolashuv Zohir Hakimzoda kabi biznes ahlini ishidan ayiradi.

“Undan keyin shuncha kompaniyalar qayerga boradi? Masalan, bizda hozir 5-6 ta yirik transport kompaniyalari bor. Ularga ish beruvchi ta’minot tarmoqlari endi yo’q. Ular nima qilsin? Afg’oniston hukumati bu borada biror reja ishlab chiqmagan”, - deydi Hakimzoda.

Afg'oniston aholisining aksariyati xalqaro tashkilotlar moliyalashtirgan loyihalarda ishlaydi.
Afg'oniston aholisining aksariyati xalqaro tashkilotlar moliyalashtirgan loyihalarda ishlaydi.
Xorij armiyasi ketib, xavfsizlik nima bo’ladi? Biznes egalari Kobulning o’zida ham tan soqchilari qurshovida yuradi. Puldor kishilarni o’g’irlash jangarilar uchun yaxshigina biznes.

Kobul politsiyasi shahar bexatar deb da’vo qilsa-da, bunga ishonadiganlar kam.

Ishi baroridan kelayotgan korxonalar ham kelajakda nima bo’lishini bilmaydi. “Coca-Cola” shisha qadoqlash zavodi olti yildan beri muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan bo’lsa-da, haligacha elektr energiyasi masalasi chatoq. Korxona energiyani kuniga minglab litr yoqilg’i yeydigan generatordan oladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG