Breaking News

Saylov xatosiz o'tmadi, ammo afg'onlar o'z ovozini berdi, deydi komissiya raisi


Tolibon xurujlar haqida ogohlantirib turganiga qaramay saylovda 3, 6 million afg'on ovoz berdi. O'tgan yilgi prezident sayloviga olti millionga yaqin fuqaro chiqqan edi.
Tolibon xurujlar haqida ogohlantirib turganiga qaramay saylovda 3, 6 million afg'on ovoz berdi. O'tgan yilgi prezident sayloviga olti millionga yaqin fuqaro chiqqan edi.

Afg’oniston Mustaqil Saylov Komissiyasi shanba kungi parlament saylovlari xatosiz o’tmaganini tan olmoqda, ammo kengash nazarida jarayonni umuman olganda muvaffaqqiyatli deb baholash mumkin.

Afg’onistonda Erkin va Adolatli Saylovlar Jamg’armasi nomli tashkilot esa buning aksini qayd etmoqda. Ovoz berishga chiqish xavfli bo’lgani sabab millionlab afg’onlar jarayonda qatmashmagan.

Bu jamg’arma saylovning asosiy kuzatuvchisi bo’ldi va jarayon biror talabga to’liq javob bermadi deya bong urmoqda.

Ahmad Nodir Nodiriy, bu kengash raisi, millionlab ovozlar soxta bo’lishi mumkin deya ogohlantirmoqda. Ko’plab fuqarolar saylovga chiqqani rost, deydi u, ammo chiqmaganlar nomidan qalbaki varaqalar to’ldirilgani haqida ma’lumotlar bor.

Parlamentning quyi palatasidagi 249 o'rin uchun 2500 ga yaqin arbob kurashdi
Parlamentning quyi palatasidagi 249 o'rin uchun 2500 ga yaqin arbob kurashdi

Xalqaro Demoktariya nomli yana bir nohukumat tashkilot rahbari Alessandro Parzial deydiki, xulosa qilishga hali biroz erta. Ovozlar sanab bo’linsin va “biz ham yetarlicha ma’lumot yig’aylik”, deydi u.

“Qo’limizda yetarlicha isbot-dalil bo’lmay turib, jarayon va ovozlarni oqu-qoraga ajratish to’g’ri emas”,- deydi mutaxassis.

Rasmiylarning aytishicha, parlament saylovlarining yakuniy natijasi kelasi oy ma’lum qilinadi. Chunki shikoyat va xatolarni ko’rib chiqish uchun ancha vaqt kerak.

Ovoz berish markazlari vaqtida ochilmagan, varaqalar yetishmagan va saylovchilar ro’yxati ko’p joylarda haqiqatni aks ettirmagan.

Mana shular eng ko’p uchragan muammolar bo’ldi, deya bildiradi saylov komissiyasi.

Shanba kuni Afg’onistonning 300 nutqasida zo’ravonlik qilishga urinish bo’lgan. Xurujlarda 22 kishi halok bo’lgan.

Kecha saylov arafasida o’g’irlab ketilgan uch xodimning jasadi topilgan.

“Afg’onistondek notinch o’lkada bunday holatlarning oldini olish oson emas”,- deydi komissiya raisi Fazal Ahmad Maynaviy.

“Lekin saylov kutilganidan ham yaxshi o’tdi. Xalq o’z ovozini berdi”,- deydi u.

Ovoz berganlar soni taxminan 3,6 millionni tashkil etmoqda.

O’tgan yilgi prezident saylovlarida olti millionga yaqin fuqaro qatnashgan edi.

Afg’on parlamentining quyi palatasidagi 249 o’rin uchun ikki yarim mingga yaqin nomzod kurashdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG