Karzay afg'onlarning saylovdagi faolligini olqishladi

  • Amerika Ovozi

Afg'oniston prezidenti Hamid Karzay saylovda ovoz bermoqda, Kobul,5-aprel, 2014-yil

Afg'oniston prezidenti Hamid Karzay saylovda ovoz bermoqda, Kobul,5-aprel, 2014-yil

Afg’oniston prezidenti Hamid Karzay Tolibon do’q-po’pisalariga qaramay fuqarolar saylovda faol qatnashganini olqishladi.

"Mamlakatimdan faxrlanaman", - dedi u.

Ma’lumotlarga ko’ra, kechagi prezident saylovlarida ovoz berish huquqiga ega 12 million odamdan yetti millioni ishtirok etgan. Bu saylovchilarning 58 foizi degani. Ularning ko’pligidan ayrim uchastkalarda byulletenlar yetmagan, ba’zi joylarda esa saylov bir soatga uzaytirilgan.

Kecha bir necha viloyatda terror xurujlari sodir etilgan. 20 odam nobud bo’lgan, 43 kishi jarohat olgan. Xavfsizlik kuchlari maxsus operatsiya o’tkazib, 80 jangarini yo’q qilgan.

AQSh prezidenti Barak Obama bayonot chiqarib, afg’on xalqini tarixiy saylov bilan tabrikladi. U Afg’oniston xavfsizligi yo’lida jon bergan amerikaliklarni yodga oldi.

Dastlabki natijalar bir necha kundan so’ng ma’lum bo’ladi, yakuniy raqamlar esa 14-maygacha e’lon qilinishi kutilmoqda. Agar sakkiz nomzoddan hech biri kamida 50 foiz ovoz to’play olmasa, eng yuqori natija ko’rsatgan ikki arbob ikkinchi bosqichda o’zaro bellashadi.

Ulardan uch nafari prezidentlikka asosiy da’vogarlar: sobiq moliya vaziri Ashraf G’ani hamda ikki sobiq tashqi ishlar vaziri Zalmay Rasul va Abdulla Abdulla.

Kecha viloyat hokimliklariga ham rasmiylar saylangan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG