Afg'onistonda saylov natijalarini e'lon qilish bir haftaga qoldirildi

  • Amerika Ovozi

Afg'onistonda prezidentlikka nomzod Abdulla Abdulla tarafdorlari

Afg'onistonda prezidentlikka nomzod Abdulla Abdulla tarafdorlari

Afg’oniston Mustaqil saylov komissiyasi prezident saylovlarining ikkinchi bosqichi bo’yicha natijalarni kechroq e’lon qilishga qaror qildi. G’olib chorshanba kuni e’lon qilinishi kutilgan edi, ammo komissiya a’zolari orasida fikr bo’linib, natijalarni bir haftadan so’ng ma’lum qilishga kelishildi.

Ikki nomzoddan biri Abdulla Abdulla 14-iyun kuni o’tkazilgan jarayonda ovozlar ommaviy ravishda soxtalashtirilganini aytib, saylov natijalarini tan olmoqchi emas.

Sobiq tashqi ishlar vaziri o’tgan safargi saylovlarda amaldagi prezident Hamid Karzayga saylovlarni boy bergan edi. Karzay qonunga ko’ra uchinchi muddatga saylana olmaydi. Abdulla Abdulla bu safar sobiq moliya vaziri Ashraf G’ani bilan bellashdi.

Qo’shma Shtatlar Afg’onistonda oz sonli qo’shinlarini qoldirishga umid qilar ekan, bunga huquqiy asos beruvchi xavfsizlik shartnomasi afg’on rahbari tomonidan haligacha imzolanmagan.

Karzay bunday mas’uliyatni o’z bo’yniga olishdan bosh tortib kelmoqda. Prezidentlikka nomzodlarning barchasi esa saylansa albatta uni imzolashini aytgan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti saylov natijalari bilan bog’liq tortishuvlar keskinlashib, zo’ravonliklarga yetaklashi mumkinligidan xavotirda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG