Afg’onistonda vertolyot qulab, 38 zobit o’lgan


Afg’onistonda vertolyot qulab, 38 zobit o’lgan

Afg’onistonda vertolyot qulab, 38 zobit o’lgan

Afg’oniston sharqidagi Vardak viloyatida vertolyot qulashi oqibatida amerikalik 31 zobit va yetti nafar mahalliy askar o’lgan. Bari maxsus kuchlarda xizmat qilgani ma’lum.

Afg’oniston prezidenti Hamid Karzay Amerika rahbari Barak Obama va marhumlarning oilalariga ta’ziya izhor etdi. Bu koalitsiya safida oxirgi 10 yilda bir vaqtda ro’y bergan eng yirik talofat.

Xalqaro qo’shin tafsilotlarni ma’lum qilmayapti, lekin Tolibon fojea uning ishi ekanini, vertolyot raketa bilan urib tushirilganini aytgan.

2005-yili Kunar viloyatida o’xshash voqeada 16 amerikalik zobit halok bo’lgan edi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining bildirishicha, Afg’onistonda bu kabi hodisalar o’tgan yilga qiyoslaganda 50 foizga oshgan. 2001 yildan buyon jangda halok bo’lgan AQSh zobitlari soni 1644 ga yetdi.

XS
SM
MD
LG