AQSh razvedkasi Afg'onistonda vaziyat yomonlashishini bashorat qilmoqda

  • Amerika Ovozi

Kobulda xuruj, Afg'oniston, 27-dekabr, 2013-yil

Kobulda xuruj, Afg'oniston, 27-dekabr, 2013-yil

“Vashington Post” gazetasining AQSh razvedkasi ma’lumotlariga tayanib xabar qilishicha, 2017-yilga borib Afg’onistonda Tolibon va boshqa guruhlar kuchayib, shu kungacha erishilgan yutuqlar boy beriladi.

Agar Vashington va Kobul xavfsizlik bitimini imzolamasa, 2014-yilda xalqaro kuchlar Afg’onistonni tark etgach, mamlakat yana beqarorlikka yuz tutadi, deyiladi razvedka hisobotida.

Hujjat bilan tanish rasmiyning gazetaga aytishicha, tashqi harbiy va moliyaviy yordamsiz vaziyat tez sur’atda yomonlashadi.

Hisobot xulosasiga qo’shilmagan bir rasmiy nazarida esa Afg’onistonda Tolibon hokimiyatga kelmaydi, ammo siyosiy kuchlar muvozanati o’zgaradi.

AQSh Kobuldan 2014-yildan so’ng mamlakatda sakkiz minggacha askarini qoldirishga ruxsat so’ragan, ammo prezident Hamid Karzay oqsoqollar kengashi tavsiyasini inkor etib, ikki davlat o’rtasidagi xavfsizlik bitimini imzolashga shoshmayapti.

Karzay AQSh harbiylari avval afg’onlar uylariga bostirib kirish amaliyotini bas qilsin va afg’on hukumatining Tolibon bilan muzokara qilishiga yordam bersin, deydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG