Afg'oniston sharqida "Islomiy davlat"ga qarshi maxsus batalyon tuzildi

  • Amerika Ovozi

Nangarhor viloyatida "Islomiy davlat" ga qarshi kurashayotgan afg'onlar

Nangarhor viloyatida "Islomiy davlat" ga qarshi kurashayotgan afg'onlar

Afg'onistonning sharqiy viloyatlarida "Islomiy davlat" jangari guruhi va Tolibon harakatiga qarshi kurash uchun maxsus batalyon tuzildi.

Mudofaa vaziri lavozimini vaqtincha bajarayotgan Ma'sum Stanekzoyning aytishicha, xalq Daishdan to'ygan, uni yakson qilish zarur.

Batalyon Lag'mon viloyatida joylashgan bo'lib, uning tarkibida 750 askar xizmat qiladi.

Stanekzoyning aytishicha, Nangarhor viloyatida jangarilarga qarshi havo hujumlari davom etgan holda maxsus bo'linma yangi strategiyaga ko'ra harakat qiladi.

“Maqsadimizga erishmoqchi bo'lsak, mahalliy aholi bizga yordam berishi kerak. Urush strategiyamizga ayrim tuzatishlar kiritildi. Odamlar bilan hamkorlik qilmoqchimiz", - deydi vazir.

O'tgan hafta Nangarhor viloyati Jalolobod shahrida yuzlab odam namoyishga chiqib, hukumatdan "Islomiy davlat" va Tolibonga qarshi amaliyotlarni kuchaytirishni talab qilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG