Afg'onistondagi xurujda Qandahor shahar hokimi o'lgan

  • Amerika Ovozi

Marhum hokimning portlashdan zarar ko'rgan idorasi, Qandahor, 27-iyul, 2011-yil

Marhum hokimning portlashdan zarar ko'rgan idorasi, Qandahor, 27-iyul, 2011-yil

Bugun Afg'oniston janubidagi Qandahor shahrida suiqasd xuruji sodir etilib, hokim G'ulom Haydar Hamidiy o'lgan. Tolibon bu uning ishi ekanini aytib, noqonuniy qurilgan uylarni buzish jarayonida o'lgan ikki bola va bir ayol uchun qasos olganini ma'lum qilmoqda.

Guvohlarga ko'ra, xuruj paytida shahar hokimi aynan shu masala bo'yicha aholi bilan uchrashayotgan bo'lgan. Sallaning ostiga yashirilgan bomba portlagan. Bir odam yaralangan.

Bungacha Qandahor hokimi joniga bir necha bor qasd qilingan edi. O'tgan yili xurujlarda uning ikki o'rinbosari o'lgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG