Ashraf G'ani: Xavfsizlik kuchlari Qunduzni Tolibondan tortib oldi

  • Amerika Ovozi

Qunduz shahri

Qunduz shahri

Afg'oniston Prezidenti Ashraf G'anining aytishicha, xavfsizlik kuchlari dushanba kuni toliblarga boy berilgan shimoldagi Qunduz shahrini qaytarib olishga muvaffaq bo'ldi.

Shahar uchun janglarda amerikalik harbiylar ham qatnashgani aytiladi.

"Afg'on kuchlari orasida talofat yo'q", - dedi prezident.

Mudofaa vaziri lavozimini vaqtincha bajarayotgan Ma'sum Stanekzoyning aytishicha, shaharning ayrim mahallalarida toliblar qolgan, ular bilan janglar davom etmoqda.

"Yuzlab toliblar o'ldirildi. Shahar ahliga yordam beryapmiz hozir", - dedi Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Sodiq Sodiqiy "Amerika Ovozi"ga bergan intervyusida.

Tolibon vakili Zabihulla Mujohid rasmiylar bayonotini inkor etgan holda xavfsizlik kuchlari shahardan takroran quvilganini aytadi.

BMT ma'lumotiga ko'ra, janglarda 100 dan ortiq oddiy fuqaro o'lgan yoki yaralangan, 6000 odam shahardan qochgan.

Bugun poytaxt Kobulda hukumatga qarshi namoyish o'tkazildi. Aholi Prezident Ashraf G'anini Qunduz xavfsizligini ta'minlay olmaganlikda ayblab, iste'foga chaqirdi.

Parlament quyi palatasi deputatlari ham Qunduzning jangarilar qo'liga o'tishida hukumatni ayblab, voqeani tergov qilishga da'vat etishga.

Afg'on razvedkasi va Ichki ishlar vazirligi rahbarlari parlamentga tushuntirish uchun chaqirtirildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG