Loya Jirg'a Amerika qo'shinlarining mamlakatdagi kelajagini hal qiladi

  • Javdat Sayhon

Afg’oniston poytaxti Kobulda shu hafta 2500 dan ziyod mahalliy siyosatchi va faollar uch kunlik majlisga yig’iladi.

Xavfsizlik, ayniqsa, Vashington bilan aloqalar istiqboli haqida maslahat qilinadi.

Loya Jirg’a - xalq kengashi. Unda asosiy mavzu - Amerika askarlariga 2014-yildan keyin mamlakatda qolishga ruxsat berish-bermaslik, ularning qonuniy maqomini belgilab olish.

Bu orada, afg'on mutasaddilarining aytishicha, Obama ma'muriyati AQSh qo'shinlari Afg'onistonda oddiy xonadonlarni tintuv qilmasin va reyd o'tkazmasin, degan shartga ko'ngan. Bundan tashqari, deydi afg'on tomoni, Oq uy rahbari Afg'oniston xalqiga xat yozib, terrorga qarshi urush davomida xatolarga yo'l qo'yilganini tan olishga rozi bo'lgan.

AQSh askarlari harbiy amaliyotlar o'tkazadimi-yo'qmi, buni Loya Jirg'a hal qiladi, dedi prezident Hamid Karzayning matbuot kotibi Emil Fayzi.

Biroq Davlat departamenti so'zlovchisi Jennifer Psaki shartnoma hali muhokamada va hali tugal qaror qabul qilingani yo'q, deya eslatayapti.

"Amerika Ovozi" afg’onistonlik jurnalist Erkin Beg bilan shu haqda suhbatda bo’ldi.


XS
SM
MD
LG