Afg’onlarni o’qqa tutgan askarning ism-sharifi ayon

  • Amerika Ovozi

Afg’oniston poytaxti Kobulda Tukiya harbiylariga qarashli vertolyot qulab, 14 kishi halok bo’lgan. Shundan 12 nafari zobitlar.

Rasmiylarning aytishicha, “Sikorskiy” rusumidagi vertolyot Bagromi tumanida qo’nishga harakat qilayotib, bir xonadon ustiga qulagan. O’lganlarning ikki nafari bolalar.

Afg’onistonda, NATO tarkibida 1800 turkiyalik harbiy xizmat qiladi, ammo jangovar operatsiyalarda qatnashmaydi.

Qandahorda 16 fuqaroni otib o’ldirganlikda ayblanayotgan amerikalik soldat stress holatida bo’lgan, deydi uning advokati Jon Genri Braun. 11-mart fojiasidan bir kun oldin u safdoshi qattiq jarohatlangani va oyog’idan ayrilganiga guvoh bo’lgan.

Pentagonning yuqori lavozimli rasmiylarining bildirishicha, ayblanuvchining ism-sharifi Robert Beyls. Shu kungacha bu sir tutilayotgan edi, chunki armiya qoidalariga ko'ra, bo'yniga rasman ayb qo'yilmagan harbiyning ism-sharifi aytilmaydi.

Advokat so’zlariga ko’ra, 38 yoshli serjant qayta-qayta urush zonalariga safarbar etilgani, Iroqda uch marotaba xizmat qilib undan so’ng Afg’onistonga yuborilgani ham uning ruhiyatiga qattiq ta’sir qilgan.

Ism-sharifi oshkor etilmayotgan bu harbiy ikki farzandning otasi. Jangda ko’rsatgan jasorati uchun unvon-mukofotlar olgan. Yaqinlari uni yuvosh, beozor, musulmonlarga nisbatan dushmanligi yo’q edi, deb ta’riflaydi.

bugun Quvaytdagi harbiy bazadan AQShga, Kanzas shtatidagi qattiq qo’riqlanadigan qamoqxonaga ko’chirilgan. Ammo sud ishi Afg’onistonda o’tishi mumkin. Uning vatandagi oilasi ham xavfsizlik nutqai nazaridan boshqa joyga ko’chirilgani ma’lum.

Prezident Hamid Karzay g’azab ustida NATO qo’shinlari qishloqlarni tark etishini, bazalarini olisroq joylarga ko’chirishni talab qilayapti.

“Voqeani tekshirishda AQSh tomon bizning tergovchilar bilan hamkorlik qilayotganini ko’rmayapmiz”, - dedi Karzay, marhumlar oila a’zolari va qabila yetakchilari bilan uchrashar ekan.

Kecha Kobulda AQSh Mudofaa vaziri Leon Panetta bilan muloqotda, Karzay bunday voqealar takrorlanmasligini ta’minlashni so’ragan. Panetta qatorida AQSh rahbari Barak Obama ham adolat qaror topadi, deya va’da bermoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG