Hayitning birinchi kunida Faryob qonga belandi

  • Amerika Ovozi

Afg’onistonning Faryob viloyati poytaxti Maymana shahridagi masjidda ro’y bergan portlashda 40 dan oshiq odam nobud bo’lgan. Dastlabki hisoblarga ko’ra jarohat olganlar 50 dan ziyod.

Politsiyaning bildirishicha, hayit namozi tugab, odamlar masjiddan chiqayotgan payt bir kishi o’zini portlatgan, o’lganlar asosan huquq-tartibot idoralari xodimlari, oddiy odamlar, jumladan bolalar.

Mahalliy politsiya rasmiylaridan biri nishonga olingani aytiladi, u omon qolgan. Xurujni Tolibon uyushtirgani haqida taxminlar bor. Hafta boshida toliblarning o’zini Faryob viloyati hokimi deb bilgan odami xavfsizlik kuchlari bilan otishmada halok bo’lgan edi.

Kobulda Iyd al-Adha ayyomini nishonlayotgan prezidenti Hamid Karzay portlashni sodir etganlar “islomning va insoniyatning dushmani“, deya qoraladi.

Sal avval qilgan nutqida Karzay Tolibonni qurolini tashlab, mamlakat tinchligi va osoyishtaligi yo’lida birga ishlashga chaqirgan edi.

Kecha Uruzgonda politsiya formasini kiyib olgan shaxs amerikalik ikki zobitni o’qqa tutgan. Bunday hujumlar natijasida xalqaro koalitsiya joriy yilda jami 53 askaridan ayrildi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG