AQSh qo'shinlarini Afg'onistondan chiqarish rejasi tayyor emas

  • Amerika Ovozi

AQSh qo'shinlarini Afg'onistondan chiqarish rejasi tayyor emas

AQSh qo'shinlarini Afg'onistondan chiqarish rejasi tayyor emas

AQSh Qurolli Kuchlar Bosh shtabi qo'mondoni admiral Mayk Mullen qo'shinlarni Afg'onistondan shu yildan boshlab chiqarish rejasi hali tayyor emasligini aytmoqda. Rejaga AQSh va NATO kuchlarining Afg'onistondagi qo'mondoni general Deyvid Petreus mas'ul. Yaqin kunlarda hujjat prezident Obamaga uzatiladi.

AQSh rahbari askarlarning bir qismi iyuldan boshlab chiqariladi va 2014-yilgacha barcha jangovar qismlar mamlakatni tark etadi, deya va'da bergan. Afg'onistonda hozir AQShning 100 ming qo'shini bor. Mullen nazarida birinchi bosqichda qancha zobit chiqarilishi haligacha aniq emas. Amerikaning bu mamlakatdagi qo'mondonlari yil og'ir kelishini, jangarilar bilan shiddatli janglar kechishini taxmin qilmoqda.

Toliblar Pokistonda ham faol. Chorshanba kuni jangarilar chegarada Pokiston armiyasi bilan to'qnashib, 27 askar va 35 jangair o'lgan. AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton o'tgan hafta Islomobodda bo'lganida Pokiston rahbariyatini jangarilarga qarshi harakatlarni kuchaytirishga da'vat etgan edi.

Pokiston Tashqi ishlar vazirligi AQSh bilan islomiy jangarilarga qarshi qo'shma razvedka operatsiyalari bundan keyin ham davom etadi, deya bildirmoqda. Qo'shma Shtatlar va Pokiston razvedka ma'lumotlari almashadi, deydi vazirlik so'zlovchisi Taxmina Janjua, biroq Amerika kuchlari Pokiston hududida harakatlanadimi, yo'qmi, noma'lum.

Ikki davlat munosabatlari 2-may kuni Osama bin Laden o'ldirilganidan beri sovuqlashgan. Pokiston Tashqi ishlar vazirligining bayonoti davlatlar o'zaro til topishayotganidan dalolatdir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG