Tolibonga qarshi kurash mahalliy zobitlar zimmasiga topshirilmoqda

  • Amerika Ovozi

Xalqaro koalitsiya 2014-yilda Afg’onistonni tark etishga hozirlik ko’rar ekan, milliy armiya malakasini oshirishga katta Mahalliy aholi bilan hamkorlikda Tolibonning ta’minot tizimini ishdan chiqarishga qaratilgan operatsiyalar o’tkazilmoqda.

Afg’oniston sharqidagi toliblar faol Marzak qishlog’idamiz… Bu yerda odamlar yollanib, mahalliy politsiya guruhlari tuzildi. Ikki haftalik treyning ketidan 50 nafari ishga tushdi.

Ammo so’zga kirmaydigan bir politsiyachini deb NATO strategiyasi ishdan chiqishiga sal qoldi.

Murabbiylar endi qishloq ahli o’zlarini himoya qila oladi deb quvonib turgan bir paytda, AQSh armiyasi kapitani Jim Perkinsga shumxabarni yetkazishdi.

Mahalliy posbonlar

Mahalliy posbonlar

"Biz yollagan odamlardan biri toliblarni o’zim qo’lga olaman deb, o’zboshimchalik qilib patrulga chiqib ketibdi. Fikrimizcha, kimdandir ginasi bo’lgan, qasos olaman deb qishloqni tark etgan",- deya hikoya qiladi kapitan.

Guvohlarning aytishicha, Muhammad Omon ismli bu shaxs atrofdagilarni hech bir sababsiz ayblay ketgan. Ammo unda birovni hibsga olish uchun ruxsat yo’q. Qishloq oqsoqollarini xavotir bosdi.

Xalqaro koalitsiya Afg’onistonda yillardan beri professional xavfsizlik kuchlarni tayyorlashga harakat qilib keladi. Bu maqsad yo’lida to’siqlar talay.

Marzak qishlog'ida tayyorgarlikdan o'tayotgan askarlar

Marzak qishlog'ida tayyorgarlikdan o'tayotgan askarlar

"Muhammad Omon qishlog’imizdagi boshqa bir qo’mondon bilan arazlashib qoldi",- deydi mahalliy politsiyachi Nur Salom.

Voqeadan so’ng harbiylar tezda vaziyatni qo’lga oldi. Kapitan Perkins qishloq yetakchilaridan uzr so’radi. Muhammad Omonning quroli tortib olindi.

Politsiyachi ishdan bo’shatildi. Uning safdoshlari esa treyningi bitirdi. Biroq muammolar shu bilan tugamadi.

O’sha kechasi Muhammad Omonga sodiq 10 ofitser uning yonini olib, bosh ko’targan. Oxir-oqibat murosa shu bo’ldiki, kapitan Perkins Omonga boshqa bir shahardan ish topib berdi. Janjalga nuqta qo’yildi.

Politsiyachilarni yollashda qabilaviy va etnik faktorlar muhim rol o’ynaydi. Ammo ehtiyot bo’lish kerak, deydi kapitan Perkins.

"Oshirib yuborsangiz, qabilalar o’rtasida urush-janjal boshlanishi yoki yo’q joydan muammo keltirib chiqarish hech gap emas",- deydi u.

NATO strategiyasi kamchiliklarsiz emas. Huquq tashkilotlari afg’on qabilaviy politsiya kuchlarini qonunbuzarlikda, jumladan jinsiy zo’ravonlik va qotilliklarda ayblaydi. Biroq dastur davom etadi, deydi qo’mondonlar. Xorijiy instruktorlar yangi politsiyachilarni yaqindan kuzatadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG