Breaking News

Afg'onistonda jangari mahbuslar ozod etildi, AQSh norozi


AQShning Bagram harbiy-havo bazasida joylashgan qamoqxona, Kobul yaqini, Afg'oniston
AQShning Bagram harbiy-havo bazasida joylashgan qamoqxona, Kobul yaqini, Afg'oniston
Qo’shma Shtatlar Afg’oniston hukumatining qamoqxonadan 37 jangarini ozod etish qarorini qoralamoqda. AQSh harbiylariga ko’ra, bu odamlar xavfsizlikka tahdid va Kobul qonun ustuvorligi yo’lida ortga katta qadam tashladi.

Ozod etilganlar Bagram aerodromi qoshidagi qamoqxonada saqlanayotgan 88 mahbus qatorida edi. Turma AQSh nazorati ostida bo’lsa-da, Afg’oniston prezidenti Hamid Karzay oy boshida mahbuslarning ishlarini ko’rib chiqishga buyurgan edi.

Taftish komissiyasi 72 nafarini ozod etishni tavsiya qilgan. Ularning ishini sudga oshirish uchun dalil yetarli emas, deyiladi komissiya xulosasida.

Karzay Bagram qamoqxonasini “toliblar fabrikasi” deb atagan. U yerda qiynoqqa solingan mahbuslar mamlakatiga nafrat hissi bilan to’ladi, deydi davlat rahbari.

Biroq AQSh harbiylari dalil yetarli va kuchli, demoqda. Ozod etilgan 37 odamdan 17 nafari xurujlarda qatnashgan, uch kishi afg’on zobitlarini o’ldirgan yoki yaralagan, yana to’rttasi koalitsiya qo’shinlariga qarshi xurujlarga aloqador, deyiladi Amerika qo’mondonligi bayonotida.

Joriy oy Afg’onistonga safar qilgan bir guruh AQSh senatorlariga ko’ra, mahbuslarni sud qilmay ozod etish ikki davlat aloqalariga putur yetkazishi mumkin.

Kobul Vashington bilan xavfsizlik bitimini imzolamay kelar ekan, aloqalar allaqachon sovigan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG