Afg'onistonda 65 sobiq jangari ozodlikka chiqdi. AQSh norozi

  • Amerika Ovozi

Parvon qamoqxonasi, Afg'oniston

Parvon qamoqxonasi, Afg'oniston

Afg’oniston hukumati Kobul yaqinida AQShga qarashli harbiy baza qoshidagi Parvon qamoqxonasidan 65 jangarini ozod etdi. Qo’shma Shtatlar bu qarorni tanqid qilmoqda.

AQSh rasmiylariga ko’ra, ozod etilganlardan biri (Muhammad Vali) Tolibonning portlovchi moddalar bo’yicha mutaxassisi bo’lib, Amerika va afg’on harbiylariga qarshi xurujlarni rejalashda ishtirok etgan.

Afg’oniston prezidenti Hamid Karzay Bagram qamoqxonasidagi mahbuslarning ishi qayta ko’rilayotgani haqida bir necha hafta oldin e’lon qilganida AQSh norozilik bildirgan.

Karzayga ko’ra, bu odamlar qamoqxonada qancha uzoq saqlansa, shuncha mamlakatiga nisbatan nafrati va Tolibonga sadoqati kuchayib boraveradi.

Qo’shma Shtatlar ularni Afg’onistonda sudlashni taklif qilgan. Karzay esa bunga javoban shunday dedi:

“Afg’oniston mustaqil davlat. Agar uning adliyasi vakillari mahbusni qamoqdan chiqarishga qaror qilsa, bu AQShni tashvishga solmasligi kerak. Amerikaning bu bilan ishi bo’lmasin. Umid qilamanki, Qo’shma Shtatlar Afg’oniston adliyasi va sud jarayonlari ishiga aralashmaydi va Afg’oniston suverenitetini hurmat qila boshlaydi”.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG