Breaking News

Xalqaro Amnistiya: Afg'onistonda qochqinlar sovuqdan o'lmoqda


Kobul yaqinidagi qochqinlar lageri, 12-dekabr, 2012-yil.
Kobul yaqinidagi qochqinlar lageri, 12-dekabr, 2012-yil.
Inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi Xalqaro Amnistiya tashkilotiga ko’ra, Afg’onistondagi qochqinlar lagerlarida sovuqdan 17 odam o’lgan, aksariyati bolalar.

Zarur choralar ko’rilmasa, ahvol yomonlashishi mumkin.

O’tgan yili, deyiladi tashkilot hisobotida, lagerda sovuqdan 100 kishi nobud bo’lgan.

Afg’onistonda zo’ravonliklardan boshqa hududlarga qochib, lagerlarda jon saqlayotgan yuz minglab odamlar bor.

Ularning yashash sharoitlari yaxshilanganida edi, o’lim hollarining oldini olsa bo’lar edi, deydi guruh vakili.

Xalqaro Amnistiya donor davlatlar va tashkilotlar hamda afg’on hukumatini muhtojlarga o’z vaqtida yordam ajratishga chaqirmoqda.

Ma’lum bo’lishicha, bir viloyatda mahalliy hokimiyat qochqinlar qolib ketmasin, uyiga qaytib ketsin, deb yordamni o’z vaqtida bermagani uchun fojia yuz bergan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG