Afg'onistonda xavfsizlikni mahalliy kuchlarga topshirish jarayoni ikkinchi pallaga kirmoqda

  • Amerika Ovozi

Afg'on va NATO askarlari

Afg'on va NATO askarlari

Afg'onistonda viloyatlar xavfsizligi ustidan nazorat asta-sekin mahalliy kuchlar qo'liga o'tmoqda. 2-noyabr kuni Turkiyada bo'ladigan xalqaro anjumanda jarayonning ikkinchi bosqichi e'lon qilinadi.

Xalqaro kuchlar 2014-yil oxirigacha mamlakatni tark etishni rejalar ekan, mahalliy armiya va politsiya barcha 34 viloyatni o'z nazoratiga olishga harakat qilmoqda. Jarayon iyul oyida boshlangan. Shu kunga qadar bir necha viloyat va shahar xavfsizligi afg'on kuchlariga topshirilib, xalqaro koalitsiya ushbu hududlardan chiqqan.

Ikkinchi bosqichda Tahor, Sari Pul, Samangon, Parvon, Balx, Badaxshon, Hirot va Nimro'z viloyatlarini AQSh va NATOdan Afg'oniston armiyasi va politsiyasi nazoratiga o'tkazish rejalangan.

Mamlakatda zo'ravonliklar tinmas ekan, ayrim viloyat hokimlari mahalliy kuchlar tayyorgarligiga shubha bilan qaramoqda. Kecha Parvon viloyatidagi xurujda kamida 10 odam o'lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG