Afg'oniston talabalari "Islomiy davlat" tarafidami?

  • Amerika Ovozi

Nangarhor universiteti talabalarining shu yil boshidagi namoyishlari. 18-yanvar 2015-yil

Nangarhor universiteti talabalarining shu yil boshidagi namoyishlari. 18-yanvar 2015-yil

Afg’onistonda avval yotoqxonalar va ovqat tarqatish siyosatiga qarshi chiqqan talabalar “Islomiy davlat” faoliyatini oqlab, namoyishlar uyushtirdi. Bu esa mamlakatda isyon ko’tarilishi xavfini yanada oshiradi.

Jalolobod shahridagi Nangarhor universiteti talabalari “Islomiy davlat” bayrog’ini ko’tarib, xalifalik tarafdorlari ekanini ta’kidladi. Ayrimlar “Islomiy davlat” va Tolibon vakillaridek niqoblar taqib olgan edi.

“Biz demokratiyadan charchadik, bizga xalifalik kerak. Adolat va shariat kerak,” – deya baqirdi namoyishchilar.

Bu hodisalar matbuotda keng yoritilmoqda.

Qiyin ahvolda bo’lgan yoshlar uchun “Islomiy davlat” jozibasi oshishi xavotir uyg’otadi.

“Universitetda Tolibon, xalifalik yoki “Hizb-i-Islomiy” foydasiga bayonotlar qilingan bo’lsa, bu hukumat zaifligidan va xalq noroziligidan dalolat beradi”, - deydi afg’on jurnalisti Muhammad Mutmaen.

Ma’lumotlarga qaraganda, Afg’oniston islomlashishi tarafdori bo’lgan “Jamiat-i-Isloh” guruhi universitetda kitoblar chop etish va seminarlar o’tkazish orqali talabalarni o’ziga jalb etmoqda.

“Bu (siyosiy) partiya va guruhlar anchadan beri Nangarhor universitetida o’z vakillariga ega”, - dedi “Amerika Ovozi”ga universitetning bir talabasi.

Rasmiylar namoyishlarga jiddiy yondashayotganini aytadi. Nangarhor viloyati rahbarlari universitet ma’muriyati hamda talabalar uyushmasi bilan uchrashib, norozilik sabablarini o’rganmoqda.

Nangarhor universiteti rahbari Babrak Miaxail esa namoyishlarda ko’p talaba qatnashmadi, deydi.

“Ishonch bilan aytamanki, juda kam talaba qatnashdi, aksariyat esa bunday harakatlarga qarshi”, - deydi.

Xavfsizlik boshqarmasi hodisalarni o’rganmoqda, deydi rasmiy.

So’nggi oylarda Afg’onistonda, xususan Nangarhor viloyatida “Islomiy davlat” ekstremistlari faollashgan, chegara postlariga hujumlar uyushtirildi.

Razvedka ma’lumotlariga ko’ra, mamlakatda 2000 dan 3000 gacha jangari bo’lishi mumkin.

Mamlakat janubidagi Zobil viloyatida so’nggi kunlarda toliblar va “Islomiy davlat” jangarilari hujumlarida kamida 110 odam nobud bo’ldi, o’nlab odamlar jarohatlandi.

Seshanba kuni “Islomiy davlat” pushtu va arab tillarida 16 daqiqalik video chiqardi. Unda Afg’onistondagi operatsiyalar tasvirlangan, xususan chegara punktlariga hujumlar va o’ldirilgan afg’on askarlari tasvirlari namoyish qilingan.

Hukumat video yuzasidan munosabat bildirmadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG