Qatarda Tolibon bilan norasmiy muloqot boshlanmoqda

  • Amerika Ovozi

Qatar

Qatar

Ertaga Afg'oniston hukumati va Tolibon vakillari Qatarda ikki kunlik norasmiy muloqotga kirishishi kutilyapti. Unda tinchlik muzokaralarini boshlash masalasi muhokama qilinadi.

Uchrashuvga tinchlik bo'yicha Nobel mukofoti sohibi, qurolli nizolarga tinch yechim topishni targ'ib qiluvchi Puguosh harakati mezbonlik qilmoqda.

Uchrashuv norasmiy tarzda o'tadi. Kobul muzokaralarga o'z delegatsiyasini yuborishi yoki yubormasligi haqida hali ma'lum qilmagan. Tolibon esa ishtirok etishini bildirgan.

Ayni paytda AQSh, Xitoy, Afg'oniston va Pokiston rasmiylari isyonchi guruh bilan tinchlik muloqotini boshlash bo'yicha o'zaro muzokaralar olib bormoqda. To'rt davlat vakillaridan iborat guruh navbatdagi uchrashuvini 6-fevral kuni Islomobodda o'tkazadi.

Tolibon bu jarayonga qo'shilishi yoki qo'shilmasligi haqida hali rasman bayonot bergani yo'q.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG