Amerika elchisi Karzayni G'arbni tanqid qilmaslikka chaqirdi

  • Amerika Ovozi

Karl Aykenberri

Karl Aykenberri

AQShning Afg'onistondagi elchisi Karl Aykenberrining aytishicha, Afg'oniston hukumati G'arbning mamlakatni barqarorlashtirishga qaratilgan harakatlarini tanqid qilib, xato qilmoqda.

"Qo'shma Shtatlarni istilochi deb atash noto'g'ri va foydasiz", - deydi diplomat ayrim afg'on rahbarlarining so'zlariga ishora qilib.

Aykenberri bu haqda Hirot Univesitetida talabalar bilan uchrashuvi chog'ida so'zlagan.

Afg'oniston hukumati koalitsiya hujumlari oqibatida tinch aholi qurbon bo'layotganidan tashvishlanar ekan, prezident Hamid Karzay va boshqa rasmoylar Qo'shma Shtatlarni bir necha bor tanqid qilgan.

Afg'onistonda elchilik faoliyati tugayayotgan arbobning talabalarga aytishicha, amerikalik askarlar nazarida ular Afg'onistonda do'stona yurtga yordam bermoqda.

"Biroq bu tuproqda ularni "bosqinchi" deb atashsa, oldiga qo'yilgan vazifani sidqidildan bajarish uchun xohish yo'qolishi mumkin", - deydi Aykenberri.

Tahlilchilar nazarida Afg'onistonda barqarorlik koalitsiya qo'shinlari harakatlari va qudrati hisobiga ushlab turilibdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG