Tolibon siyosatchilar, davlat arboblarini nishonga olayapti


Tolibon siyosatchilar, davlat arboblarini nishonga olayapti

Tolibon siyosatchilar, davlat arboblarini nishonga olayapti

Afg’onistonning Parvon viloyatida jangarilar hokimiyat binosiga bostirib kirib, uch soat davom etgan otishmada 22 kishi o’lgan, 37 nafari jarohat olgan.

Ichki ishlar vazirligi bayonotiga qaraganda, tish-tirnog’igacha qurollangan toliblar bostirib kirganida, hokim Abdul Basir Salangi, mahalliy politsiya boshlig’i va NATOning harbiy maslahatchilari binoda majlis qilayotgan bo’lgan.

Hokimga ziyon yetmagan. O’lganlarning 16 nafari hokimiyat xodimlari, yana 6 nafari politsiyachilar.

Afg’oniston prezidenti Hamid Karzay hujumni razillik va qo’rqoqlik deya qoraladi.

Tolibon siyosatchilar, davlat arboblarini nishonga olayapti

Tolibon siyosatchilar, davlat arboblarini nishonga olayapti

Poytaxt Kobuldan 35 kilometr narida joylashgan Parvon viloyati va unga qo’shni hududlar yaqingacha osoyishta edi.

Shuning uchun xorijiy zobitlar bu yerda ko’p emas, bori ham yaqin orada vatanga jo’naydi yoki Qandahor va Hilmand singari Tolibon o’choqlariga ko’chirilishi mumkin.

NATO xavfsizlikni sekin-asta mahalliy armiya zimmasiga topshirar ekan, Parvon viloyati bu ro’yxatda yuqori o’rinda.

“Hujumlar rejaga ta’sir ko’rsatmaydi, toliblar bu bilan faqatgina o’zining zaifligi namoyish etayapti”, - deydi viloyat hokimi Abdul Basir Salangi.

Kecha Afg’oniston sharqidagi hujumlarda NATOning to’rt zobiti halok bo’lgan. Biri fransiyalik ekani ma’lum.

Xalqaro koalitsiyaning ma’lum qilishicha, Hilmandning Musa Qal’a qishlog’ida NATO va afg’on askarlari Tolibon qo’mondoni iziga tushib, kuchli qarshilikka duch kelgan. Otishmada bir necha jangari halok bo’ldi, deydi harbiylar.

XS
SM
MD
LG