Afg'on urushini qo'llab-quvvatlayotgan amerikaliklar soni kamaygan

  • Amerika Ovozi

AQShning Afg'onistondagi zobitlari qo'lbola bombadan yaralangan safdoshini fojia joyidan olib chiqmoda, 12-iyun, 2012-yil

AQShning Afg'onistondagi zobitlari qo'lbola bombadan yaralangan safdoshini fojia joyidan olib chiqmoda, 12-iyun, 2012-yil

AQShda o’tkazilgan so’nggi ommaviy so’rov natijalariga ko’ra, amerikaliklarning 17 foizigina afg’on urushini qo’llab-quvvatlashini bildirgan. To’rt yil oldin bu ko’rsatkich 52 foizga teng edi. Qarshilar esa 82 foizni tashkil qiladi, besh yil oldingi raqamdan 36 foiz ko'p.

So’ralganlarning 30 foizi AQShda Afg’onistonda g’alaba qilmoqda degan fikrda. Aksariyati esa urushdan foyda yo’q deb, Qo’shma Shtatlar 2014-yil oxirigacha Afg’onistondan barcha qo’shinlarini olib chiqishi kerak, deydi.

So’rov amerikaliklar orasida afg’on urushiga qarshilik o’tgan asrning 60-70 yillaridagi Vyetnam urushiga qarshilikdan ham kuchli ekanini ko’rsatmoqda.

Afg'on urushi 2001-yil kuzida boshlanganidan beri AQSh 2300 ga yaqin askarini yo'qotgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG