Breaking News

Afg'onistonda ayol faollar zug'um ostida - yangi hisobot


Xalqaro Amnistiya tashkilotiga ko'ra, Afg'oniston hukumati inson huquqlari bilan shug'ullanuvchi faol ayollarga nisbatan kuchayayotgan zo'ravonliklarni, jinsiy zo'rlash holatlarini, qotilliklarni to'xtatish uchun hech narsa qilmayapti.

Guruhning Kobulda taqdim etilgan hisobotida aytilishicha, hukumat ham, xalqaro hamjamiyat ham faol afg'on ayollarini qo'llab-quvvatlamayapti.

Ayol huquq faollariga asosan Tolibon hujum qilayotgan bo'lsa-da, hukumat rasmiylari va mahalliy qo'mondonlar ham ularga qarshi zo'ravonliklarga qo'l urmoqda, deyiladi hujjatda.

Huquq faollari, siyosatchilar, huquqshunoslar, jurnalistlar, o'qituvchilar - turli jabhadagi ayollar tahdidga uchramoqda. Hatto politsiyada ishlovchi ayollar ham kamsitilib, aybdorlarga qarshi chora ko'rilmayapti.

Xalqaro Amnistiyaning bildirishicha, ayollar huquqlarini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar uchun 2001-yildan beri chetdan millionlab dollar ajratilganiga qaramay, natijadan darak yo'q.

Ayollarga qarshi qonunbuzarliklar haqida xabar bergan faollar ham hujumga uchramoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG