Breaking News

Afg’onistonda prezidentlik uchun kurash boshlangan, hozircha parda ortida


Afg'on ayoli saylovda qatnashish uchun ro'yxatdan o'tmoqda. Kobul, 3-oktabr 2013.
Afg'on ayoli saylovda qatnashish uchun ro'yxatdan o'tmoqda. Kobul, 3-oktabr 2013.
Afg’onistonda Hamid Karzay o’rniga yangi prezidentni saylash kampaniyasi avjida. Siyosiy arboblar uyushma va koalitsiyalar tuzmoqda. Saylov bu notinch yurtda olti oydan keyin bo’lib o’tadi.
Afg'onistonda prezident saylovlari /Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:47 0:00
Yuklab oling

Yillar davomida urush girdobidan chiqa olmayotgan Afg’onistonda kambag’allar ko’pchilik. Ular 2014-yilgi saylovlardan keyin ahvol yaxshi tarafga o’zgaradi deb umid qilmoqda.

“Urushdan charchaganmiz. Keyingi prezident tinchlik o’rnatib, hayotni yaxshilashi kerak”, - deydi Kobuldan Nur Og’a ismli yigit.

Transport vaziri bo’lib ishlagan Hamidulla Farruxiy bugun Texnokratlar siyosiy uyushmasi a’zosi. Saylov muvaffaqiyatli bo’lmasa, oqibatlar yomon bo’ladi, deb ogohlantiradi u:

“Dahshatning o’zi bo’ladi. Afg’oniston uchun jiddiy muammo. Hamma saylov natijasini kutmoqda”.

Ovoz beruvchilar ro’yxatga olinmoqda. Saylov uchastkalari xodimlari nazarida ko’pchilik ovoz berishga shay. Ammo nomzodlar kimligi hozircha noaniq.

Afg’oniston prezidenti qonunan ulkan vakolatlarga ega.

Tahlilchi Keyt Klark deydiki, siyosiy arboblar ovoz beruvchilarni o’z tarafiga og’dirish uchun turli norasmiy kelishuvlarga erishmoqda.

“Bu kelishuvlar mafkuraviy emas yoki partiyalarga asoslanmagan. Ular manfaatlarga asoslangan bo’lib, kim yutishini aniqlashga bog’liq,” - deydi u.

Saylovoldi kampaniyasi aslida o’tmishda olib borilgan etnik siyosat va murosaga asoslangan hukumat o’rtasidagi raqobat, deya izohlaydi sobiq moliva vaziri Ashraf G’ani Ahmadzoy.

Albatta, Tolibonni ham yoddan chiqarmaslik kerak.

“Ular oldida uchta yo’l bor: birinchisi - zo’ravonliklarni kuchaytirish va jamiyatni yanada ajratib yuborish; ikkinchisi – saylovlarga xalaqit bermay, tinchlik qaror topishini muhokama qilib, murosaga erishish; va nihoyat, uchunchisi – balki kelajakda saylovda qatnashish,” - deydi u.

O’zini progressiv afg’on deb hisoblovchi Nosir Ahmad Ramyor saylov kuni hammasi hal etiladi degan fikrda.

“Odamlar o’z haq-huquqlarini biladi, saylov hayotni o’zgartirishi mumkinligini ham yaxshi tushunadi. Shu bois ham ovoz berishadi”, - deydi u.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG