Kobulda bir kunda uchta xuruj, 30 odam nobud bo'ldi

  • Amerika Ovozi

Xurujda jarohatlangan politsiya zobitlari politsiya avtomashinasida. Kobul. 5-sentabr 2016-yil.

Xurujda jarohatlangan politsiya zobitlari politsiya avtomashinasida. Kobul. 5-sentabr 2016-yil.

5-sentabr kuni kechqurun Afg'oniston poytaxti Kobulda uchinchi bomba portladi. Undan bir necha soat avval bir kishining mashinasi bilan birga o'zini portlatishi oqibatida kamida 30 odam nobud bo'lgan va yana 90 dan ziyod odam jarohatlangan edi.

Kuchli portlashdan so'ng otishma kuzatildi. Asosan xorijliklar to'xtaydigan mehmonxona xuruj nishoni bo'lgan. Afg'on maxsus kuchlari kamida ikki kishi bilan otishmada bo'lgan. Mazkur xuruj qurbonlari va uning ortida kim turgani hozircha aniq emas.

​Bir necha soat oldin Afg'oniston Mudofaa vazirligi binosi oldida xudkush terrorchi o'zini portlatgan, undan oldin esa kichikroq bomba ham portlatilgan edi.

O'lganlar orasida vazirlik qo'mondoni general Abdul Razzoq, poytaxt razvedka xizmati rahbari, tuman politsiya boshlig'i ham bor.

Toliban so'zlovchisi Zabihulla Mujohidning bildirishicha, xurujlar ortida isyonchilar turibdi. Ular 60 ga yaqin odamni, asosan afg'on xavfsizlik xizmati askarlari va zobitlarini o'ldirgan, deydi rasmiy.

Prezident Ashraf G'ani zo'ravonlikni qoralab chiqdi. "Afg'oniston dushmanlari xavfsizlik va mudofaa kuchlariga qarshi kurasha olmayapti, shu sababli shosselar, shaharlar, masjid, maktab va oddiy odamlarni nishonga olmoqda", - dedi u.

Qunduzdagi vaziyat

Kobuldagi xurujlardan bir necha soat oldin xavfsizlik kuchlari Tolibondan Qunduzni tortib olgan edi. O'tgan hafta AQSh va NATOga tegishli qo'shinlar qo'mondoni general Jon Nikolson iyul oyida 900 askar va politsiya zobiti halok bo'lganini ma'lum qilgan edi.

Afg'on xavfsizlik kuchlari Qunduzda isyonchilar bilan jangga tayyorlanmoqda

Afg'on xavfsizlik kuchlari Qunduzda isyonchilar bilan jangga tayyorlanmoqda

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG