Afg'oniston - AQShning yirik ittifoqchisi

  • Amerika Ovozi

Afg’oniston endi rasman AQShning yirik ittifoqchisi. Vashington shunday e’lon bilan chiqdi. NATO a’zosi bo’lmasa-da, bu davlat bilan xavfsizlik va mudofaa sohalarida keng hamkorlik qilinadi.



Kobulga safar qilgan Tashqi ishlar vazirasi Xillari Klinton bugun prezident Hamid Karzay bilan uchrashgan va bu rasmiy maqom haqida gap ochgan.

“Afg’oniston al-Qoida va boshqa xalqaro terrorchilarga makon bo’lmaydi. Biz uni bu xavfdan himoya qilamiz. Bu jamiyat oyoqqa turishi, tinch va farovon o’lkaga aylanishi uchun kuch va mablag’ni ayamaymiz”,- deydi AQSh bosh diplomati.

Afg’onistondan tashqari Misr, Isroil, Yaponiya va Pokiston Amerika uchun mana shunday, NATOga kirmaydigan, ammo yaqin harbiy hamkorlardir.

Yaponiyada Afg’oniston bo’yicha donorlar anjumani boshlanmoqda. Unda bu mamlakatga yiliga 4 milliard dollar yordam berish rejasi muhokama qilinadi.

Kobulda Klinton va Karzay uchrashayotgan paytda Afg’oniston janubida Uruzgon viloyatida bomba portlab, olti fuqaro o’lgan.

G’arbdagi Faroh viloyatida esa Tolibonning yana bir hujumidan bir kishi halok bo’lgan, 26 odam jarohatlangan. Ular orasida bolalar ham bor. Hokim idorasi nishonga olingan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG