Kobulda xalqaro tashkilot xodimlari yashaydigan binoga hujum

  • Amerika Ovozi

Kobul, Afg'oniston.

Kobul, Afg'oniston.

Kobulda toliblar xalqaro tashkilot xodimlari yashaydigan imoratga hujum qilib, kamida ikki odam, jumladan, yosh bola halok bo’lgan. Bino yonida avvaliga bir kishi o’zini portlatgan, keyin otishma boshlangan.

AQShda asoslangan nodavlat tashkiloti “Land for Peace” Afg’onistonni minalardan tozalashda yordam beradi. Kobuldagi binoda mana shu guruh odamlari turgan.

Tashkilot rasmiylarining “Amerika ovozi”ga aytishicha, hujum natijasida olti odam imoratda qamal holatida. Uch nafarining holi nima kechgan, noma’lum.

5-aprelda Afg’onistonda prezident saylovlari o’tadi. Oxirgi bir haftada Kobulda toliblar uch bora qonli hujumlarni amalga oshirgan.

Toliblar saylovga halaqit berishini aytib keladi. Xalqaro qo’shinlari mamlakatdan ketayotgan bir pallada Afg’oniston uchun bu galgi saylov barqarorlik uchun sinov bo’ladi.

Afg’on rasmiylarining aytishicha, juma kungi hamladan 20 xorijlik va mahalliy xodim omon qolgan. Toliblarning ta’kidlashicha, bino cherkov vazifasini o’tagan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG