Breaking News

Afg’onistonning Jalolobod viloyatida politsiyaga hamla


Afg’oniston sharqida Tolibon politsiya mahkamasiga hamla qilib, 11 odamni o’ldirgan.

Aksariyati politsiyachi ekani ma’lum.

Hujum Jalolobod viloyati hokimining uyi yaqinida sodir etilgan. Aytish joiz, ikki haftadan keyin Afg'onistonda prezident saylovlari o’tishi kerak.

Rasmiylarining so’zlariga ko’ra, avvaliga politsiya binosi yonida portlash yangragan va buning ortidan otishma boshlanib, bir necha soat davom etgan.

Ichki ishlar vaziri muovini Muhammad Ayub Solangining aytishicha, yetti jangari yo’q qilingan.

Amerika-Karzay-Tolibon/US Karzai Taliban
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:52 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG