Kobulda Turkiya elchixonasi yonida portlash

  • Amerika Ovozi

Turkiya va afg'on xavfsizlik xizmati xodimlari Kobuldagi elchixona yonida sodir etilgan xurujni tergov qilayapti. 26-fevral, 2015-yil.

Turkiya va afg'on xavfsizlik xizmati xodimlari Kobuldagi elchixona yonida sodir etilgan xurujni tergov qilayapti. 26-fevral, 2015-yil.

Afg'oniston poytaxtida toliblar Turkiya elchixonasi yonida portlash sodir etib kamida ikki odamni o'ldirgan. Talofatlar orasida Turkiya fuqarosi bor ekani aytilmoqda.

Kobulda ertalab jangarilardan biri portlovchi modda solingan mashinasini elchixonaga qarashli mashinalarga kelib urgan. Voqea Afg'oniston prezidenti qarorgohi yaqinida ro'y bergan.

Asosiy nishon Turkiya elchixonasining avtomobili bo'lgan, deydi Ichki ishlar vaziri muovini Ayub Salangi. Mashinada Turkiya elchisi Ismoil Aramazni himoya qiluvchi soqchilar bo'lgani xabar qilinmoqda.

Tolibon bu uning ishi ekanini, lekin Amerika askarlarini nishonga olmoqchi bo'lganini aytadi. Maqsad elchixonalar yoki boshqa davlat fuqarolariga jabr qilish emas edi, deyiladi toliblarning bayonotida.

Noyabrda toliblar Britaniya elchixonasining avtomobilini nishonga olgan edi.

Bu voqea Tolibon va Kobul muzokaralar stoliga qaytishi mumkin degan xabarlar ortidan ro'y bermoqda. Jangarilar hali dialogga roziligini tasdiqlaganicha yo'q.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG