Hilmand, Qandahorda portlashlar; Pokistonda esa jangarilar 36 askarni o'ldirgan

  • Amerika Ovozi

Hilmand, Qandahorda portlashlar; Pokistonda esa jangarilar 36 askarni o'ldirgan

Hilmand, Qandahorda portlashlar; Pokistonda esa jangarilar 36 askarni o'ldirgan

Afg’onistonda Hilmand viloyati ma’muriy markazi Lashkar Gohda bir bank oldida portlash yuz berib, to’rt kishi o’lgan, 20 dan ortiq odam jarohatlangan, asosan askarlar va politsiyachilar.

O’tgan oy bu mintaqada xavfsizlikni ta’minlash ishlari xalqaro koalitsiyadan afg’on kuchlari zimmasiga o’tgan edi.

Bugun shuningdek yana bir janubiy viloyat, Qandahorning ikki yerida bomba xurujlari amalga oshirilgan. 20 dan ziyod afg’on og’ir ahvolda ekani ma’lum.

Tolibon bu hujumlar ortida turgan gumon qilinadi.

Pokiston hukumatining bildirishicha, Afg'onistonda kirgan yuzlab jangarilar chegarada 36 zobitni o'ldirgan. 9 jangari halok bo'lgan.

Chegara osha bunday to'qnashuvlar, Tolibon va Al-Qoidaga moyil kuchlar bilan olishuvlar tez tez kuzatilmoqda.

Amerika Pokistonni terroristlarga qarshi keskin choralar ko'rishga undar ekan, bu davlat chegarachilar sonini oshirgan va maxsus operatsiyalar boshlagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG