“Afg’oniston anjumani qator savollarga javob topa olmadi”


“Afg’oniston anjumani qator savollarga javob topa olmadi”

“Afg’oniston anjumani qator savollarga javob topa olmadi”

Afg’onistonga bag’ishlangan Bonn anjumanida qatnashchilar bu davlatni qayta obod qilish tashabbusini moliyalashga va’da bermoqda.

Mutaxassislar fikricha, umidga to’la bayonotlarga qaramay, Afg’onistonda vaziyat hali ham og’ir.

“Afg’oniston anjumani qator savollarga javob topa olmadi”

“Afg’oniston anjumani qator savollarga javob topa olmadi”

Tadbirda 85 davlatdan vakillar qatnashgan. Konferensiya Afg’onistonga ko’makni muvofiqlash, bu yurt xalqaro jamoatchilik e’tiborida qolayotganini ko’rsatishni maqsad qilgan.

Germaniya kansleri Angela Merkel yordam davomli bo’ladi, deya va’da bergan. Davlat kotibi Xillari Klinton ham AQSh qo’llab-quvvatlovi uzilmasligini bildirgan. Hamid Karzay esa so’nggi 10 yilda qo’lga kiritilgan yutuqlar, barqarorlik uchun xalqaro ko’makining muhumligi haqida gapirgan.

“Afg’oniston anjumani qator savollarga javob topa olmadi”

“Afg’oniston anjumani qator savollarga javob topa olmadi”

Mamlakatda vaziyat hamon keskin baholanadi, ayniqsa, xalqaro qo’shinlar Afg’onistondan chiqishi ortidan zo’ravonlik kuchayishi kutilmoqda.

Muhojirlar tuzgan “Afg’oniston turklari madaniy federatsiyasi” Bonnda konferensiyani bevosita kuzatgan. Ular nazarida konferensiyadagi bayonotlar va Afg’onistondagi vaziyat o’rtasidagi farq juda katta.

“Xorij askarlari ketsa, o’rnini kim egallaydi? Ikkinchi masala - vakolat Afg’oniston kuchlariga topshirilsa, chetdan yordam qanday ko’rsatiladi. Uchinchi mavzu esa toliblarni qanday qilib sulhga taklif qilish mumkin".

"Biroq Tolibon bilan muzokara xalqning yakdil xohishi emas. Chunki ular bugun ham odam o’ldirishda davom etmoqda. Nega g’arb bu jinoyatlarni unutib, hukumatga taklif etayotgani o’zi bir savol”, - deydi federatsiya faoli Turdiqul Maymanagiy.

G’arbda Afg’oniston urushining samarasiz ekaniga ishonch kuchaymoqda. Konferensiya arafasida Bonnda Afg’onistondan xalqaro qo’shinni olib chiqish talabi bilan norozilik aksiyasi o’tgan.

“Afg’oniston anjumani qator savollarga javob topa olmadi”

“Afg’oniston anjumani qator savollarga javob topa olmadi”

Besh mingga yaqin namoyishchi urushga yakun yasashni talab qilgan. Germaniyadagi ayrim siyosiy partiyalar nazarida urushdan foyda yo’q.

Maymanagiy deydiki, bu kuchlar maqsadga erishmasdan ketsa, mamlakat yana avvalgi holga qaytadi.

“Afg’onistonda nima o’zgaribdi-ki, bular chiqmoq masalasini muhokama qilsa. Na armiya, na hukumat shakllangan. Faqat toliblar qaytishi, yana qayta boshqa millatlar ustidan pashtular hukmronligini o’rnatishi mumkin”,- deydi u.

AQSh ham, Karzay hukumati ham vaziyat og’irlashishi ortidan Tolibon bilan muloqot yo’lini tutmoqda. Biroq bu intilish hozircha natija bermagan.

“Afg’oniston anjumani qator savollarga javob topa olmadi”

“Afg’oniston anjumani qator savollarga javob topa olmadi”

Konferensiya Pokiston tomonidan boykot qilinishi bu umidni yanada zaiflashtirgan.

Afg’onistonlik ahli deydiki, xalqaro jamoatchilikning moddiy yordami mamlakatda korrupsiyani kengaytirgan.

Bu yordam oddiy afg’onlarga yetib bormayapti, asosan, hukumat doirasida taqsimlanmoqda. Ko’p millatli Afg’onistonda hokimiyat pashtular qo’lida ekani ziddiyatga asos yaratmoqda.

“Anjuman Afg’oniston xalqi, jumladan, turkiylar manfaatini inobatga olmagan. Unga boshqa millatlar vakillari taklif etilmadi”, - deydi Maymanagiy.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG