Afg'onistonda sobiq mudofaa vaziri prezidentlikka da'vodan voz kechdi

  • Amerika Ovozi

General Abdulrahim Vardak, Afg'oniston sobiq mudofaa vaziri

General Abdulrahim Vardak, Afg'oniston sobiq mudofaa vaziri

Afg’onistonda prezidentlikka da’vogarlardan yana biri poygadan chiqdi.

Sobiq mudofaa vaziri Abdulrahim Vardak 5-aprelga rejalangan saylovdan nomzodini chiqarganini ma’lum qildi.

Biror sabab ko’rsatmagan. Qolgan to’qqiz nomzoddan kimni qo’llab-quvvatlashini ham hozircha aytmagan.

Oy boshida amaldagi rahbar Hamid Karzayning akasi Qayum Karzay ham prezidentlikka da’vosidan voz kechib, sobiq tashqi ishlar vaziri Zalmay Rasulga ovoz berishini aytgan edi.

To’qqiz nomzoddan uchtasida saylanish uchun imkoniyat yuqori.

Zalmay Rasul, sobiq moliya vaziri Ashraf G’ani va sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulla Abdullada.

Afg’onistondagi o’zbek jamoasi sardori general Abdulrashid Do’stum Ashraf G’ani bilan bir jamoada.

G’ani saylansa, Do’stum birinchi vitse-prezident bo’ladi. Mamlakatni ikki muddat boshqargan Hamid Karzay uchinchi besh yillik muddatga saylana olmaydi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG